Линклар

logo-print
O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin 8 may kuni o'tgan uchrashuvda dunyoning to'rtinchi raketkasi David Ferrerga mag'lub bo'ldi va Ispaniyada o‘tayotgan Madrid Open xalqaro tennis turnirini ikkinchi turda tark etdi.

Ikki set davom etgan uchrashuvda Ferrer 7:5, 6:2 hisobida g'olib bo'ldi.

Birinchi turda 26 yoshli Istomin belgiyalik tennischi Ksavye Malissni 6:3, 6:2 hisobida mag'lub bo'lgan edi.

Madrid Open xalqaro tennis turnirining mukofot fondi 3,3 million yevroni tashkil etadi.

Ushbu turnirda taniqli tennischilar Novak Jokovich, Rojer Federer va Rafael Nadallar ham ishtirok etmoqda.

Ferrer - Istomin
XS
SM
MD
LG