Линклар

AQShning Boston shahridagi marafonda sodir etilgan terror aktiga aloqadorlikda gumon qilingan Tamerlan Tsarnayev AQShda dafn qilindi.

Biroq Tamerlanning qayerga ko‘milgani oshkor qilinmadi.

Politsiya e‘lon qilgan bayonotda Tamerlanning jasadi so‘nggi bir necha kun ichida saqlangan Massachuset shtati Vuster shahrining dafn byurosi binosida emasligi bildirilgan.

Chechen millatiga mansub 26 yashar Tamerlan Tsarnayev 19 aprel kuni politsiya xodimlari bilan sodir bo‘lgan otishmada halok bo‘lgan.

Qo‘lga olish paytida og‘ir yaralangan Tamerlaning ukasi Johar Tsarnayev hozir Boston shahri qamoqxonasining tibbiy markazida sudni kutmoqda.

Agar aybdor deb topilsa, Johar o‘lim jazosiga hukm qilinishi mumkin. 15 aprel kuni Boston shahrida amalga oshirilgan portlashlarda uch kishi o‘lgan, 260 dan ortiq odam yaralangan.
XS
SM
MD
LG