Линклар

AQSh rasmiylari kiberjinoyat guruhi bank kartalari ma‘lumot bazasini sindirish orqali dunyoning 25 mamlakatidagi bankomatlardan 45 million dollar miqdorida pul o‘g‘irlagani to‘g‘risida ma‘lum qildi.

Mazkur voqea bank o‘g‘irliklari tarixidagi eng yirik jinoyat sifatida tilga olinmoqda. Kiberjinoyatchilar Frantsiya, Germaniya, Britaniya, Italiya, Yaponiya, Pokiston, Ruminiya, Rossiya, Ukraina va Qo‘shma Shtatlardagi bankomatlarni talagan.

AQSh prokurorlariga ko‘ra, o‘g‘irliklar ikki bosqichda, dekabr va fevral oylarida uyushtirilgan. AQShda kiberjinoyat guruhining Nyu York shahridagi yangi bo‘linmasiga mansub yetti shaxs qo‘lga olinganini bildirmoqda. Ular bir kun ichida bankomatlardan 2,8 million dollar pul o‘g‘irlaganlikda ayblanmoqda.

Kiberjinoyat guruhining rahbari o‘tgan oyda Dominikan respublikasida otib o‘ldirilgani aytilmoqda.
XS
SM
MD
LG