Линклар

Google shirkati yer kurrasining turli joylarida so'nggi 28 yil ichida yuz bergan geografik o'zgarishlarni ko'rsatuvchi Timelapse nomli loyihasini ishga tushirdi.

Google Earth Engine platformasi asosida tuzilgan loyihada yildan yilga qurib borayotgan Orol dengizining 1984 yildan beri sputnikdan olingan suratlari ham o'rin olgan.

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida joylashgan Orol dengizining bugungi holati dunyodagi eng yomon ekologik halokatlardan biri sifatida baholanadi.

So‘nggi 20 yil badalida Orol dengizi asl hajmining 75 foizini yo‘qotgan.
O‘zbek rasmiylariga ko‘ra, Orol dengizi mumammosi Markaziy Osiyodagi suv va energiya zaxiralaridan oqilona foydalanishga bevosita bog‘liqdir.

Timelapse loyihasida Orol dengizining qurib borishidan tashqari Amazonkadagi yomg'ir o'rmonlarining yildan yilga kesilishi, AQShdagi kazinolar markazi bo'lgan Las-Vegas shahrining kengayishi, Dubaydagi palma daraxti ko'rinishidagi orollarning qurilishi kabi o'zgarishlarni ko'rish mumkin.

Ushbu loyiha Google shirkatining AQSh Geologiya boshqarmaligi, NASA, Time jurnali va Karnegi-Mellon universiteti bilan olib borgan hamkorligi mahsulidir. Loyiha ustidan ishlash 2009 yilda boshlangan.
XS
SM
MD
LG