Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:46

O‘zbek qochqinlarining bugungi kuni


Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati Barash qishlog‘i (Andijondan 40 kilometr uzoqlikda)da joylashgan birinchi o‘zbek qochqinlari lagerini qirg‘iz harbiysi nazorat qilmoqda. 2005 yilning 19 mayida olingan surat.
Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati Barash qishlog‘i (Andijondan 40 kilometr uzoqlikda)da joylashgan birinchi o‘zbek qochqinlari lagerini qirg‘iz harbiysi nazorat qilmoqda. 2005 yilning 19 mayida olingan surat.
Bu yil qonli Andijon voqeasi sodir etilganiga 8 yil to‘ldi. Oradan 8 yil o‘tganiga qaramay Andijon voqeasi ortidan ta‘qibga uchragan o‘nlab odamlar shu kunlarda ham O‘zbekistonni tark etishga majbur bo‘lmoqda. Bugungi kunda Bishkekda o‘zbekistonlik 50 dan ortiq o‘zbek qochqini istiqomat qilmoqda.

2005 yilda Andijon isyoni fojeali tarzda bostirilganidan so‘ng minglab o‘zbeklar boshqa mamlakatlarga boshpana izlab qochishga majbur bo‘ldi. Ularning 500 dan ortiqrog‘i Qirg‘izistonga qochqin qatori kelgan va bir necha oydan so‘ng uchinchi davlatlarga ko‘chirilgan edi.

Shundan so‘ng ham O‘zbekistondan Qirg‘izistonga boshpana izlab kelgan qochqinlar soni kamaygani yo‘q. 2006-2008 yillar davomida kamida 200 nafar o‘zbek qochqini Qirg‘izistondan uchinchi davlatlarga ko‘chirildi.

Ayni paytda Qirg‘izistonda yashayotgan siyosiy qochqin Farxodxon Muxtorov bugungi kunda birgina Bishkek shahrida O‘zbekistondan boshpana izlab kelgan ellikdan ortiq odam borligini aytdi.

O‘zbekistonlik huquq himoyachisi va qochqin Farxodxon Muxtorov bilan suhbatni quyida tinglashingiz mumkin.

Фарходхон Мухторов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:33 0:00
Бевосита линк
XS
SM
MD
LG