Линклар

Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubi bugun, 14 may kuni Osiyo Chempionlar ligasi nimchorak finali doirasida Tailandda mahalliy “Buriram Yunayted” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

22 ming tomoshabin kelishi kutilayotgan uchrashuvda “qaldirg‘ochlar” oq libosda, mezbon jamoa esa to‘q ko‘k rangli libosda harakat qiladi.

13 may kuni o‘tkazilgan o‘yinoldi matbuot yig‘inida “Bunyodkor” bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Tailanddagi ob-havo sharoitlaridan xavotirda ekanini, biroq uning shogirdlari uchrashuvga to‘liq tayyorligini aytib o‘tdi.

“Qaldirg‘ochlar”ning “Buriram Yunayted” jamoasiga qarshi javob o‘yini 21 may kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi.

Eslatamiz, “Bunyodkor” jamoasi Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichida “G” guruhida birinchi o‘rinni egallab, pley-off o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi.
XS
SM
MD
LG