Линклар

Janubiy Koreyaning Samsung shirkati 5G - dunyodagi eng tez simsiz Internet aloqasini sinovdan o'tkazdi. Bu haqda France-Presse agentligi xabar berdi.

Xabarga ko'ra, 5G aloqasi orqali shirkat 1 gigabaylik ma'lumotni bir soniya ichida ikki kilometr masofaga o'tkaza olgan. Yangi aloqa sinovida 64 antennadan foydalanilgan.

Samsung shirkati vakillarining ta'kidlashicha, yangi aloqa tarmog'i 2020 yildan boshlab keng omma uchun ishga tushiriladi.

Takomiliga yetkazilgan 5G sifati "4G tarmog'i bera oladigan imkoniyatlardan bir necha yuz marta" yaxshiroq bo'lishi aytilmoqda.

Mutahassislar ko'ra, 5G tarmog'i aniqligi yuqori 3D fotmatidagi filmlar va HD formatdagi jonli efirlarni ko'rish imkoniyatini bera oladi.

Janubiy Koreya ayni damda elektron aloqa tarmoqlari eng rivojlangan mamlakatlar qatoriga kiradi. Qariyb 20 million koreyaliklar 4G aloqasidan foydalanadi.
XS
SM
MD
LG