Линклар

Rossiya migrant bolalarga istiqomat huquqi bermoqchi


O‘zbekistonlik mehnat muhojirlarining farzandlari rossiyalik bo‘lib ketishi mumkin.

O‘zbekistonlik mehnat muhojirlarining farzandlari rossiyalik bo‘lib ketishi mumkin.

Mehnat muhojirlarining Rossiya maktablarini bitirgan farzandlari o‘rta ma‘lumot to‘g‘risidagi attestat bilan birgalikda bu mamlakatda istiqomat huquqini oladi.

Rossiyada istiqomat qilish huquqini olish uchun migrant farzandi bu mamlakat maktabida kamida uch yil o‘qigan bo‘lishi lozim.

Bu haqda bugun Rossiya hukumati nashri “Rossiyskaya gazeta” xabar qildi.
Ekspertlar fikricha, mehnat muhojiri farzandining o‘z oilasi mansub bo‘lgan millat an‘analardan Rossiyaga xos an‘analarga “ko‘chishi” uchun maktabda ikki yil o‘qishi yetarlidir.

“Rossiyskaya gazeta”ga ko‘ra, shu kunda mehnat muhojirlarining farzandlarining 79 foizi maktabga qatnaydi.

Rasmiy ma‘lumotlarga qaraganda, Rossiyada shu kunda 3,5 million atrofida o‘zbekistonlik mehnat muhojiri bor.
XS
SM
MD
LG