Линклар

Bahodir: Don King shohsupaga eltuvchi yo‘lda yaxshi hamroh!


Mashxur boks promouteri Don King va Bahodir Mamajonov, Las Vegas, 2013 yil 12 apre

Mashxur boks promouteri Don King va Bahodir Mamajonov, Las Vegas, 2013 yil 12 apre

Jahon boks assotsiatsiyasi (WBA) yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni Bahodir Mamajonov 9 may kuni dunyoga mashxur promouter Don King bilan hamkorlik haqida uch yillik shartnoma imzoladi. Ayni paytda, o‘zbekistonlik professional bokschi o‘z murabbiysi va menejeri Ken Richardson bilan mashg‘ulotlarni davom ettiravermoqchi.

Bahodir Mamajonov Ozodlik bilan suhbatda "Muhammad Ali, Mayk Tayson kabi afsonaviy bokschilarga promouter bo‘lgan Don King bilan hamkorlik professional boksning boshqa yo‘nalishlani bo‘yicha jahon chempioni kamarini qo‘lga kiritish imkoniyatini yaratadi" dedi.

Ayni paytda, o‘zbekistonlik professional bokschi o‘z murabbiysi va menejeri Ken Richardson bilan mashg‘ulotlarni davom ettiraverajagini ta‘kidlab o‘tdi.

25 yashar Bahodir Mamajonov (14-1-0, 10 KO) joriy yil 12 aprel kuni AQShning Nevada Shtatida uyushtirilgan professional boks kechasida 61 kilogrammgacha bo‘lgan vaznda 24 yoshli kubalik Anjelo Santanani (14-1-0, 11 KO) texnik nokaut bilan mag‘lubiyatga uchratib Jahon boks assotsiatsiyasi (WBA) yo‘nalishi bo‘yicha Jahon chempioni kamariga sazovor bo‘lgan edi.

Bahodir Mamajonov g‘olib, deb e‘lon qilingan zahoti Santananing promouteri bo‘lgan Don King o‘zbekistonlik bokschigaga promouterlik haqida shartnoma imzolashni taklif qilgan.

Bahodir Mamajonov bu taklifni qabul qilganini aytar ekan, Don Kingning taklifi sababi to‘g‘risida gapirar ekan, "Mening jang usulimni yoqtirib qolgan bo‘lsa kerak", dedi.

Farg‘ona boks maktabi vakili bo‘lgan 25 yashar Bahodir Mamajonov havaskor bokschi bo‘lgan paytlardayoq qator xalqaro va mintaqaviy musobaqalarida ishtirok etib qator sovrinlarni qo‘lga kiritgan edi.

Quyida Bahodir Mamajonov bilan suhbatni tinglang.

XS
SM
MD
LG