Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 20:33

AQShda o‘zbekistonlik enaga qizchani urganini bo‘yniga oldi


AQShning Nyu York shtatida enaga bo‘lib ishlagan o‘zbekistonlik ayol 5 oylik qizaloq sog‘ligiga tahdid qilganini bo‘yniga oldi.

52 yoshli o‘zbekistonlik enaga Ma‘mura Nosirova joriy yilning fevral oyida Nyu Yorkning Staten-Aylend tumani prokuraturasi tarafidan 5 oylik qizchani urganlikga ayblangan edi.

Xabarlarga ko‘ra, Nosirova asli buxorolik bo‘lgan Mardaxayevlar oilasida ikkita bolaning enagasi bo‘lib ishlagan.

Enaga bolalarga nisbatan qo‘pollik qilayotganini sezib qolgan Madraxayevlar uyga yashirin kameralar o‘rnatgan.

Kameralar Ma‘mura Nosirovaning 5 oylik qizaloqqa bir necha bor tarsaki tushirgani va unga nisbatan qo‘pol muomala qilganini tasvirga olgan.

Nosirova 10 oyga qamoqqa hukm etilishi yoki O‘zbekistonga deportatsiya qilinishi mumkin.

XS
SM
MD
LG