Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:42

Taqiqlangan seks o‘yinchoqlar Toshkent markazida yashirin sotilmoqda


Ukrainadagi seks o‘yinchoqlar do‘koni
Ukrainadagi seks o‘yinchoqlar do‘koni
Toshkentdagi “Glavpochtamt”ga chet eldan kelib tushayotgan seks o‘yinchoqlar musodara qilinib yo‘q qilinmoqda.

Ozodlikka mikrofonsiz suhbat bergan va ismi aytilishini istamagan bojgirga ko‘ra¸ O‘zbekiston hududiga chet eldan seks o‘yinchoqlar¸ massaj vibratorlari olib kirish taqiqlangan.

Ayni paytda bojgir O‘zbekiston hududiga tashqaridan seks o‘yinchoqlari olib kirishga hojat yo‘qligini aytdi:

- Nima qilasiz tashqaridan olib kelib¸ Toshkentning o‘zida sotilayapti¸ deydi suhbatdosh.

Ozodlik muxbiri so‘rab surishtirib mamlakatda sotuvi taqiqlangan seks ovunchoqlar Toshkentning Buyuk ipak yo‘li metrosiga yaqin joydagi radio-elektr uskunalar magazinida peshtaxta ostidan sotilayotganini aniqladi.

Bu magazin nomini aytmaslik sharti bilan sotuvchilardan ba‘zi ma‘lumotlarni oldik.

Magazin assortimentida erkak v ayollar masturbatsiyasi uchun mo‘ljallangan vibrator¸ falloimitator va boshqa moslamalar mavjudligi aytildi.

Oldindan buyurtma berib qo‘yilsa “Rezina Kukla”, ya‘ni odam bo‘yi keladigan yelimdan bo‘lgan qiz qo‘g‘irchoqni ham xarid qilish mumkin¸ deydi ismi ochiqlanmasligini so‘ragan suhbatdosh.

Magazin sotuvchilariga ko‘ra¸ assortimentda sado-mazo o‘yinlari uchun maxsus kiyim bosh¸ kishan va qamchilar ham mavjud.

Sotuvchilar suhbat davomida bu mahsulotlarning hammasi “importniy” ekani va sifati yaxshiligini pisanda qilishdi.

Narxlarga to‘xtalgan do‘kon xizmatchilari ”vibrator narxi 100 dollardan boshlanadi” deb aytishdi.

"Vibratorlarni kimlar sotib oladi?" degan savolimizga sotuvchilarning javobi mujmal bo‘ldi:

- Olishyapti¸ lekin olgan ayolni peshonasiga o‘zbek deb yozib qo‘ymaganku. Balki o‘zbekdir¸ balki tojik¸ balki tatar. Zamonaviy ayollar bizning kliyentlar, deydi sotuvchi.

Bu mahsulotlarning O‘zbekiston bozorlariga qanday kirib kelishini o‘rganish jarayonida Ozodlik muxbiri bir samarqandlik tujjor ayol bilan tanishdi.

Internetdagi virtual suhbat asnosida o‘zini Nilufar deb tanishtirgan ayol seks o‘yinchoqlar Xitoydan kelayotgan tovarlar ichiga yashirilib olib kelishini bildirdi.

Nilufarning aytishicha¸ O‘zbekistonda bu biznes anchayin foyda keltirmoqda.


Boy ayollar dilxushligi


Ayollarning jinsiy muammolari haqida surishtiruv o‘tkazgan va ismi sir qolishini istagan o‘zbekistonlik jurnalistga ko‘ra¸ chet elga borib ishlab kelgan o‘zbek ayollaridan o‘zi taniydigan bir nechtasi falloimitatordan muntazam foydalanadi.

Suhbatdosh¸ seks o‘yinchoqlar boy ayollarning dilxushligiga aylanganini ham aytadi:

- Buxoroda boy ayollar bir-biriga hazil kilib¸ falloimitator sovg‘a kiladi. Buni ko‘proq prikol uchun qilishadi¸ deydi jurnalist Ozodlik bilan suhbatda.

Samarqandlik Nilufar ham o‘zini boy ayollar qatoriga qo‘shadi. Skype orqali yozma suhbatda Nilufar o‘zbek jamiyatida tabu¸ ya‘ni yopiq mavzu bo‘lgan seks o‘yinchoqlar masalasidagi savollarimizga javob berdi.

Suhbatdoshimiz yoshi 40 ning tepasida ekani va eridan ajrashganini yozdi:

- Farzandlarim katta. Alьfonslardan hayiqaman. Shuning uchun vibrator olganman. Dubaydan va Xitoydan mol olib kelaman. Ilk marta chet elga borganimda vibrator qo‘llanganman. Keyin Toshkentda vibrator sotib oldim¸ deb yozdi o‘zini Nilufar deb tanishtirgan samarqandlik tujjor ayol Skype orqali muloqotda.

Suhbatdosh bundan boshqa ma‘lumot bermadi. Toshkent poliklinikalaridan birida ishlovchi o‘zini Nargiza deb tanishtirgan seksopatolog vrach bu mavzuni izohlamaslikni ma‘qul ko‘rdi:

- Telefonda biror narsa ayta olmayman. Bir narsa aniq - hozir ayollarda erta klimaks kuzatilayapti. Siz aytgan narsalar oz bo‘lsa ham buni bartaraf etishi mumkin¸ degan teoriya ham bor¸ dedi Nargiza.


Mavzu tarixi


Sovet davrida aksar o‘zbekistonliklar¸ qolgan ittifoqdoshlari kabi¸ seks o‘yinchoqlar xarid qilish imkonidan mahrum bo‘lishgan.

1984 yili Kanadaga kontsert berish uchun borib kelgan o‘zbek raqqosalaridan birining sumkasi chegarada tekshirilganida seks o‘yinchoqlar chiqqani O‘zbekiston Madaniyat vazirligi partiya majlisida muhokama qilingan edi.

Sovet ittifoqi hududida seks o‘yinchoqlar sotiladigan ilk do‘kon 1992 yilda Moskvada rasman ochilgan edi.

Markaziy Osiyoda ilk seksshoplar Qozog‘iston va Qirg‘izistonda ochilgan. Birgina Bishkek shahrida hozirda o‘nlab seks shoplar mavjud.

Bu yil Dushanba shahrida seks o‘yinchoqlar sotilgani aholining muhofazakor qatlami xavotirini uyg‘otgan edi.

Ashxobodlik jurnalistlar iddaosicha¸ Turkmanistonda seks o‘yinchoqlar sotadigan birorta ham do‘kon yo‘q.

O‘zbekiston va Turkmanistondan farqli tarzda G‘arbda seks o‘yinchoqlar do‘konlari erkin va ochiq faoliyat yuritadi.

Masalan bir million aholi yashaydigan Praga shahrida o‘nlab seks o‘yinchioq do‘konlari mavjud.
XS
SM
MD
LG