Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:48

AQShda o‘zbek paxtasi importini taqiqlash talab qilinmoqda


AQShdagi nufuzli Mehnat huquqlari xalqaro forumi tashkiloti Qo‘shma Shtatlar Bojxona xizmatidan O‘zbekistonda yetishtirilgan paxtani mamlakatga olib kirilishiga taqiq qo‘yilishini talab qilmoqda.

Bu borada 15 may kuni e‘lon qilingan bayonotda aytilishicha, AQShda 1930 yilda majburiy mehnat vositasida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni mamlakatga kiritmaslik to‘g‘risida qonun qabul qilingan. Mana shu qonun doirasida AQSh bojxona xizmati o‘zbek paxtasini taqiqlashi kerak bo‘ladi.

“O‘n yilliklar davomida diktator islom Karimov rahbarligidagi O‘zbekiston hukumati millionlab bolalar, o‘qituvchilar, xamshiralar, shifokorlar, byudjet va xususiy sektor ishchilarini dahshatli sharoitlarda paxta terishga majbur qilmoqda”, deyiladi bayonotda.

Ma‘lumotlarga qaraganda, 2008 yildan beri AQShga O‘zbekistondan 620 tonna paxta mahsuloti import qilingan.
XS
SM
MD
LG