Линклар

Angliyalik taniqli futbolchi Devid Bekxem joriy mavsum oxirida katta futbolni tark etishini bildirdi.

Payshanba kuni 38 yoshli futbolchi “Karyeramni hozirgi paytda, ya‘ni futbolni eng yuqori darajada o‘ynayotgan paytimda yakunlashga qaror qildim”, deb bildirdi.

Britaniya milliy jamoasining sobiq kapitani yanvarda Fransiyaning "Pari Sen Jermen" klubi bilan besh oylik shartnomani imzolagan va shartnomadan keladigan daromadlarini bolalar tashkilotlariga ehson qilgan edi.

20 yil davomida Devid Bekxem 19 ta mukofotga sazovor bo‘lgan. U 10 marta Angliyaning Premyer Liga chempioni unvonini qo‘lga kiritgan. Bekxem 4 ta davlatning chempioni bo‘lgan Britaniyadagi yagona futbolchidir.

Bekxem 1992 yilda "Manchester Yunayted" jamoasida taniqli murabbiy ser Aleks Fergyuson qo'l ostida katta futbolga kirib kelgan. U keyinroq Ispaniyaning "Real Madrid", Italiyaning "Milan", AQShning "Los Anjeles Geleksi" va Fransiyaning "Pari Sen Jermen" jamoalarida to‘p surgan.

Angliyalik futbolchi ikki bor FIFAning yilning eng yaxshi futbolchisi uchun ovoz berish marosimida ikkinchi o'rinni egallagan. Bekxem 2004 yilda eng yuqori maoshga ega futbolchi bo'lgan edi.

E'tiboringizga Devid Bekxem karyerasida kiritgan eng chiroyli gollari to'plamini havola etamiz.
XS
SM
MD
LG