Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:21

LulzSec hakerlar guruhi a'zolari qamoqqa hukm etildi


Britaniya sudi LulzSec hakerlar guruhining to'rt a'zosini 20 dan 32 oygacha qamoq jazosiga hukm etdi.

21 yoshli haker Rayan Kliriga 32 oyga, 20 yoshli Djeyk Devis ikki yilga, 26 yoshli Rayan Ekroyd 30 oyga, 18 yoshli Mustafa al-Bassam esa 20 oyga ozodlikdan mahrum etildi.

To'rttalasi ham Sony Pictures shirkati, Britaniyaning The Sun nashri va AQShning Markaziy Razvedka Angetligiga kiber hujumlar uyushtirganlikda ayblangan.

Hakerlar o'zlari hujum qilgan online xizmatlardan foydalanuvchilarga tegishli shaxsiy ma'lumotlarni, jumladan, elektron pochta manzillari, parollar va bank kartalari raqamlarini o'g'irlashgan.

Kiber-jinoyatchilar birgina Sony Pictures shirkatining ma'lumot bazasidan qariyb 26,4 million foydalanuvchiga shaxsiy ma'lumotni o'g'irlashgan.

LulzSec hakerlar guruhi ayni damda ko'pchilikka tanish Anonymous hakerlar guruhidan 2011 yilda ajralib chiqqan edi.
XS
SM
MD
LG