Линклар

Шошилинч хабар
10 май 2024, Тошкент вақти: 21:35

AQShda $ 590 millionlik lotereya yutug‘i bir kishiga nasib etdi


AQShdagi "Powerball" lotereyasi tashkilotchilari yutuq miqdori 590,5 million dollar bo‘lgan bitta lotereya Florida shtatida sotilganini e‘lon qildi.

Ulkan yutuq 10, 13, 14, 22, 52 va qo‘shimcha 11 raqamlarini belgilangan lotereya sohibiga berilishi shanba kuni kechqurun ma‘lum bo‘ldi.

Yutuq sohibi haqida hech qanday ma‘lumot berilmadi.

Narxi ikki dollar turadigan bitta lotereyaning o‘yinda yutib chiqish imkoniyati 175,2 milliontadan bitta xolos.

AQSh tarixida eng katta lotereya yutug‘i 2012 yil mart oyida 656 million dollarni tashkil qilgan.

O‘shanda rekord darajadagi yutuq Illinoys, Kanzas va Merilend shtatlaridagi do‘konlardan lotereya sotib olgan uch shaxs o‘rtasida bo‘lishib olgan edi.

AQShda 5 ming dollardan oshgan har qanday lotereya yutug‘ining 25 foizi davlatga federal soliq sifatida to‘lanishi shart.
XS
SM
MD
LG