Линклар

Joriy yilning ilk kvartalida dunyo bo'ylab sotilgan mobil telefonlarning 92 foizi Android va iOS operatsion tizimlari asosida ishlaydi.

Bunday ko'rsatkichlar Xalqaro Ma'lumot Korporatsiyasi (IDC) hisobotida keltirilgan.

Hisobotga ko'ra, 2013 yilning dastlabki uch oyligida ushbu mobil operatsion tizimlari asosida ishlaydigan qariyb 199,5 million mobil uskuna sotilgan.

Bu esa o'tgan yilning shu davriga nisbatan 59% ga ko'pdir.

Microsoft shirkati tarafidan ishlab chiqilgan Windows Phone mobil operatsion tizimi esa bozordagi ulushi bo'yicha uchinchi o'rinda bormoqda. O'tgan yili bu pog'onani BlackBerry OS tizimi egallagan edi.

IDC hisobotida Android bazasidagi apparatlarning 41 foizi Janubiy Koreyaning Samsung shirkati tarafidan ishlab chiqilishi aytilmoqda.

Mashhurlashib borayotgan Windows Phone esa asosan Nokia telefonlarida ishlatiladi - 79%.
XS
SM
MD
LG