Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:31

AQShda kuchli tornado ro‘y berdi


AQSh markazidagi Oklaxoma shtatida ro‘y bergan kuchli tornado natijasida kamida 51 kishi halok bo‘ldi, jarohat olganlar soni jsa 100 dan oshdi.

Kengligi 1,6 kilometrni tashkil etgan tabiiy ofat Oklaxoma-siti yaqinidagi Mur shahriga eng ko‘p zarar yetkazdi.

Kuchli bo‘ron paytida ko‘plab uylar va binolar vayron bo‘lgan. Kamida ikkita maktab kuchli zarar ko‘rgani haqida xarbar qilinmoqda.

Mahalliy hukumat vakillariga ko‘ra, halok bo‘lganlar soni oshishi mumkin.

AQShning Milliy Ob-havo Xizmati tornadodagi shamol tezligi soatiga 320 kilometrni tashkil etganini ma‘lum qildi.

Mahalliy aholi tornado kelishi haqida oldindan ogohlanritilgani aytilmoqda.

Oklahoma shtatidagi tornado videosi
XS
SM
MD
LG