Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:37

iPad 5 sentabrda sotuvga chiqishi mumkin


Apple shirkati tarafidan ishlab chiqariladigan iPad planshetining beshinchi avlodi joriy yilning iyul oyida keng ko'lamli ishlab chiqarishga qo'yiladi va sentabr oyida e'lon qilinadi.

Bu haqda Digitimes nashri xabar berdi.

Nashrga ko'ra, yangi iPad eskisi kabi aniqligi 2048 x 1563 pikselga teng 9,7 dyuymli ekranga ega bo'ladi.

"Tishlangan olma"ning yangi plansheti yupqaroq va eski modellarga qaraganda 25-33 foizga yengilroq bo'lishi tahmin qilinmoqda.

Mashable nashri bergan xabarga ko'ra, sentabr oyida Apple nafaqat iPad 5, balki iPad Mini planshetining ikki yangi versiyasini ham taqdim etadi.

Mini planshetining yangi versiyasida ekran Retina Display texnologiyasi bilan ta'minlagan bo'lishi aytilmoqda.

Hozircha yangi planshetlar narxi qancha bo'lishiga oid aniq ma'lumot yo'q.
XS
SM
MD
LG