Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:33

Odil Ahmedov Rossiya chempionatida bronza medalini qo'lga kiritdi


O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Ahmedov.
O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Ahmedov.
O'zbekistonlik yarim himoyachi Odil Ahmedov to'p surayotgan Rossiyaning "Anji" futbol klubi Premyer-Liga bellashuvlarining bronza medallarini qo'lga kiritdi.

20 may kuni Moskvaning "Lokomotiv" jamoasiga qarshi o'tgan o'yinda maxachqal'aliklar 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi.

O'yindagi gollarga "Lokomotiv"dan Aleksandr Samedov (34-daqiqa), Vedran Chorluka (avtogol, 40-daqiqa), "Anji"dan esa Samuel Eto'O (74) mualliflik qilishdi.

Odil Ahmedov uchrashuv ikkinchi yarmidan boshlab o'yinga tushirildi va maydonda 45 daqiqa harakat qildi.

"Lokomotiv" jamoasi tarkibidagi o'zbekistonlik futbolchi Vitaliy Denisov esa 90 daqiqa maydonda bo'ldi.

Ushbu g'alabadan so'ng 53 ochko to'plagan "Anji" jamoasi, chempionat tugashiga bir tur qolganiga qaramay, o'zi uchun Premyer-Ligadagi uchinchi o'rinni aniq qildi.

"Anji"dan so'ng kelayotgan "Spartak" jamoasi hisobida 48 ochko bor.

Vitaliy Denisov to'p surayotgan "Lokomotiv" jamoasi esa 40 ochko to'plagan holda chempionat jadvalining 10 pog'onasidan joy olgan.

"Anji" - "Lokomotiv" 2:1
XS
SM
MD
LG