Линклар

Tojikistonda YouTube videxostingiga kirish yana to‘sib qo‘yildi. Bu haqda 24 may kuni Markaziy Osiyo yangiliklar xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, tojikistonlik interenet foydalanuvchilar YouTube payshanba kunidan boshlab to‘sib qo‘yilganini aytmoqdalar.

18 may kuni mazkur saytga prezident Emomali Rahmonning katta o‘g‘lining to‘yi haqidagi video joylashtirilgan edi. K+ telekanali tomonidan namoyish etilgan mazkur videoning joylashtirilishi ortidan YouTubega kirish to‘sib qo‘yilgan.

Bu videoda Emomali Rahmon o‘g‘lining to‘rt yil avval o‘tkazilgan uylanish to‘yi tasvirlangan. Videoda Emomali Rahmonning raqs tushayotgani va qo‘shiq aytayotgani aks etgan.

YouTube portali Tojikistonda ilk bor to'silayotgani yo'q. 2012 yilda mamlakat aloqa xizmati buyrug'i bilan YouTube, Facebook va yana qator veb-saytlarga vaqtincha blok qo'yilgan edi.
XS
SM
MD
LG