Линклар

Tojikistonda mamlakat prezidenti Imomali Rahmon bilan o'tgan uchrashuvda qatnashgan ikki mingdan oshiq yosh faollarga bepul iPad planshetlari tarqatildi.

Bu haqda "Yoshtolqin" loyihasiga uchrashuvda qatnashgan dushanbelik yosh faol ismini oshkor etmaslik sharti bilan ma'lum qildi.

Suhbatdoshimizga ko'ra, tojik yoshlarining mamlakat rahbari bilan o'tgan uchrashuvi har yili 23 mayda nishonlanadigan "Yoshlar kuni" munosabati bilan uyushtirilgan.

- Uchrashuv Dushanbedagi "Koxi Borbad" majmuasida o'tdi. Unda prezident ikki soatcha chiqish qildi. Doimgidek asosan yoshlar erishayotgan yutuqlar haqida gapirildi. Shundan so'ng kutilmaganda uchrashuvga kelgan ikki mingdan oshiq qatnashchilarning har biriga yangi iPad 4 plansheti hadya qilindi, - dedi suhbatdoshimiz.

Facebook ijtimoiy tarmog'ida tojikistonlik foydalanuvchilarning yozishicha, prezident Rahmon bilan uchrashuvga kelganlarga xotirasi 16 gigabayt, ekrani Retina, WiFi va 3G tarmoqlariga ulana oladigan yangi iPad 4 planshetlari tarqatilgan.

Apple shirkati veb-sahifasida bunday hususiyatlarga ega iPad 4 plansheti 500 AQSh dollaridan sotilmoqda. Bu esa Tojikiston prezidenti faol yoshlarga planshetlar sovg'a qilish uchun kamida 1 million dollar sarflaganini anglatadi.

- Tojikistonda juda ko'p odam ochlikda yashayotgan bir vaqtda prezident tarafidan bunday "shedriy" hadyalar tarqatilishi ko'pchilikni ajablantirdi, albatta. Menimcha Imomali Rahmon joriy yilning noyabr oyida o'tilishi kutilayotgan prezident saylovlariga shunday tayyorgarlik ko'rmoqda, - dedi yangi iPad egasiga aylangan suhbatdoshimiz.

Ayni damda Tojikiston online bozorlarida iPad sotmoqchi bo'lganlar soni shubhali tarzda ko'paygani kuzatilmoqda.

Tojikistonning www.torrents.tj saytida iPad 4 plansheti sotilayotgani haqidagi e'lon.

Tojikistonning www.torrents.tj saytida iPad 4 plansheti sotilayotgani haqidagi e'lon.



Qizig'i shunda-ki, tojik yoshlariga bepul planshetlar tarqatilgan kuni Tojikistonda YouTube veb-saytiga kirish yo'li to'sib qo'yildi.
XS
SM
MD
LG