Линклар

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti vakillari mamlakatda fojeali oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan zilzilalar kutilayotganiga oid mish-mishlarni rad etdi. Bu haqda ular 12uz.com saytiga bergan intervyularida bildirganlar.

Ma‘lum bo‘lishicha, 25 va 26 may kunlari O‘zbekistonning turli hududlarida 6 ballgacha zilzilalar sodir bo‘lganidan keyin aholi orasida yana bo‘lajak kuchli zilzilalar haqida vahima urchigan.

Seysmologiya instituti vakili odamlar orasida tarqagan mish-mishlar asossizligini urg‘ulagan.

- Dunyoda, shu jumladan, O‘zbekistonda bu kabi tabiiy ofatni oldindan aytib berishi mumkin bo‘lgan uskuna yo‘q, - degan, jumladan, seysmolog-olim.

Avval xabar qilinganidek, 25 may soat 3.18 da va 26 may soat 11.08 da O‘zbekiston poytaxti va boshqa viloyatlarda 2 balldan 6 ballgacha kuchli yer silkinishlari kuzatilgan. Rasmiy ma‘lumotlarga ko‘ra, zilziladan qurbon bo‘lgan va tan jarohati olganlar yo‘q.
XS
SM
MD
LG