Линклар

Apple shirkati ilk bor ishlab chiqargan kompyuterlardan biri Germaniyadagi kimoshdi savdosida 666 ming dollarga sotildi.

“Breker” kimoshdi savdosi uyi kompyuterni osiyolik anonim shaxs sotib olganini ma‘lum qildi.

"Apple-1” deb nomlangan kompyuter Apple asoschisi Stiv Jobs va Stiv Voznyak tomonidan garajda yaratilgan.

Hozir dunyo bo‘yicha 1976 yilda qurilgan va shu kunda ham foydalanish mumkin bo‘lgan olti dona kompyuter borligi ma‘lum.

Ulardan biri 2012 yili Nyu Yorkdagi “Sotbi” kim oshdi savdosida o‘z narxidan qariyb 500 marta qimmatga, ya‘ni, 374 ming 500 AQSh dollariga sotilgan edi.

2010 esa hali ham ishlaydigan "Apple-1" kompyuteri va u haqiqiy ekanini tasdiqlovchi Stiv Jobs imzolagan maktub 212 ming dollarga sotib olgan edi.
XS
SM
MD
LG