Линклар

Shu kunda Yevropa mamlakatlaridan birida o‘qishini davom ettirayotgan o‘zbekistonlik Zafarjon yaqinda Vatanda bo‘lib, 2- sinfda o‘qiydigan qizchasining darsliklarini varaqlabdi-da, ulardan qator xatolar topibdi.

“Erkin mikrofon” bilan bog‘lanar ekan, Zafarjon o‘sha xatolardan biri to‘g‘risida kuyunib aytib berdi.

- Bu darslik ona tili darsligi. 2-sinf kitobida, shaxsan men o‘zim o‘zbek tiliga ko‘proq e‘tibor berib yuraman. Hattoki o‘zim gaplashganimda ruscha so‘zlarni gapirmaslikka harakat qilaman, iloji boricha grammatik qoidalarga e‘tibor qilishga harakat qilaman. Shu safar borganimda kitobda, o‘zbek tilida n va g harf birikmalari bor. Xuddi shu harf birikmalarini bo‘g‘indan bo‘g‘inga ko‘chirishda kitobda o‘ta qo‘pol tarzda, juda ham noto‘g‘ri shaklda ko‘rsatilgan.

Ozodlik: Gap shu kundagi maktabning 2-sinfi uchun chiqarilgan lotin yozuvidagi ona tili darsligi haqida ketayapti-a?

- Xuddi shunaqa.

Ozodlik: Siz maktabni qaysi yozuvda bitirgansiz?

- Men kirill yozuvida bitirganman. Lekin biz o‘qib yurganimizda lotin yozuvi ham o‘qitilgan.

Ozodlik: Men buni so‘raganimki, kirill yozuvidagi qoidalarimiz bilan lotin yozuvidagi qoidalarimiz farq qilar va shuning uchun siz kirill yozuvi qonuniyatlaridan kelib chiqib yondashayotganmikansiz deyapmanda.

- Yo‘q, yo‘q. Shaxsan men o‘zim o‘qib yurganimda butun respublikada lotin yozuviga o‘tish boshlangan edi. Bizlar o‘sha paytda qo‘shimcha tarzda lotin yozuvini ham o‘rganganmiz. Men shaxsan o‘zim lotin yozuvida o‘zbek tilida mukammal yozib, qoidalarini bilaman men.

Ozodlik: Endi konkret misollarda ayting. Qanday xatolarni ko‘rdingiz?

- Mana sizga misol. Siz o‘zingizning fikringizni ayting bu mavzuga ko‘chmasdan oldin. Singil degan so‘zni qanday bo‘g‘inga ajratasiz?

Ozodlik: (kulib) Hozir...

- Siz o‘zingizning shaxsiy fikringizni aytsangiz masalan. Mening fikrim bo‘yicha sin oldinda qoladi, gil ko‘chishi kerak, to‘g‘rimi?

Ozodlik: Xo‘p.

- Bu lotin yozuvida ham, kirill yozuvida ham shunaqa. yozuvning aloqasi yo‘q bunga. Kitobda nima yozilgan? Si oldinda yozilgan, ngil ikkinchi bo‘g‘inga ko‘chirilayapti.

Ozodlik: Lotin yozuvida ng birikmasini ko‘chirish qoidasi qanday?

- Lotin yozuvida ham, kirill yozuvida ham n bilan gni ko‘chirish qoidasi shundan iboratki, agar n bilan g harfiy birikmasidan keyin unli harf kelsa, unda n bilan g ayriladi. Chunki n bilan g alohida talaffuz qilinadi. Agar n bilan g harfiy birikmasidan keyin undosh harf kelsa, ana unda ng degan harfiy birikma hosil bo‘ladi. Ana o‘shanda n bilan g bo‘g‘in ko‘chishidan oldin qoladi, qolgani keyingi qatorga ko‘chadi. Masalan singil. Bu yerda n bilan g alohida talaffuz qilinayapti. N bilan gdan keyin unli harf kelayapti. Agar singlim bo‘lganida edi, n bilan gdan keyin undosh harf kelayapti. Unda n bilan g oldingi qatorda qolib, lim boshqa joyda ko‘chishi kerak.

Ozodlik: Bu birikma bilan uchragan xato bittaginami yoki ko‘p uchratdingizmi?

- Bu birikma bilan uchragan xato qoida qilib ko‘rsatilgan kitobda. Mana shunday qilib ko‘chiriladi¸ deb qoida qilib ko‘rsatilgan. Juda ham noto‘g‘ri grammatik qoida ko‘rsatilgan, deydi Yevropa mamlakatlaridan birida o‘qishini davom ettirayotgan o‘zbekistonlik Zafarjon.

Aziz mushtaruy, siz o'zbek tilining lotin yozuvida yana shunga o'xshash xatolarni bilasizmi? Bilsangiz ular haqda albatta sharhlar bo'limiba yozib qoldiring.
XS
SM
MD
LG