Линклар

Germaniyaning "Bavariya" futbol jamoasi 25 may kuni o'tgan Yevropa Chempionlar ligasi finalida Germaniyaning yana bir jamoasi - "Borussiya"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi.

Londondagi taniqli "Uembli" stadionida o'tgan final uchrashuvidagi hisobmi 59-daqiqada "Bavariya" forvardi Mario Manjukich ochib erdi.

Oradan to'qqiz daqiqa o'tib esa "Borussiya" o'yinchisi Ilkay Gyundogan penaltidan hisobni tenglashtirdi.

Finalga nuqta qo'ygan qol esa o'yinning asosiy vaqti tugashiga bir daqiqa qolganda birinchi golga assistentlik qilgan Aryen Robben tarafidan kiritildi.

Faol o'yini uchun gollandiyalik Robben finalning eng yaxshi o'yinchisi, deb e'lon qilindi.

Shu tariqa, Myunxenning "Bavariya" futbol klubi bechinchi marotaba Yevropa Chempionlar ligasi g'olibiga aylandi.



O'tgan yili ham "Bavariya" jamoasi YeChL finaligacha yetib borgan edi. Finalning o'z maydonida o'tganiga qaramasdan myunxenliklar yakuniy o'yinda Londonning "Chelsi" jamoasiga penaltilar seriyasida mag'lub bo'lgan edi.

Dortmundning "Borussiya"si esa o'z tarixida bir marotaba - 1997 yilda YeChL g'olibi bo'lgan.

Eslatamiz, 2013/2014 mavsumidan boshlab "Bavariya"ga "Barselona" sobiq bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yetakchilik qiladi.
XS
SM
MD
LG