Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 10:13

Yosh yulduz Neymar "Barselona"ni tanladi


21 yoshli Neymar 2010 yildan beri Braziliya milliy terma jamoasining asosiy tarkibida to'p suradi.
21 yoshli Neymar 2010 yildan beri Braziliya milliy terma jamoasining asosiy tarkibida to'p suradi.
Braziliyalik taniqli yosh futbolchi Neymar dushanba kuni Ispaniyaning "Barselona" klubi shartnoma tuzadi.

"Kichkintoy Ney" laqabi bilan mashhur 21 yoshli Neymarning "Santos" (Braziliya) klubini tark etib, "Barsa" bilan shartnoma tuzishi haqida 26 may kuni e'lon qilindi.

Bu haqda futbolchi o'zining Instagram tarmog'idagi sahifasida ma'lum qildi.

"Yaqinlarim mening nima qarorga kelganimni bilishadi. Men ortiqcha kuta olmayman va ushbu yangilikni sizlar bilan ham baham ko'rmoqchiman. Dushanba kuni men "Barselona" bilan shartnoma tuzaman. Ajoyib o'tgan so'nggi toqqiz yil uchun "Santos" muhlislariga minnatdorchilik bildiraman. Mening klubga va muhlislarga bo'lgan tuyg'ularim aslo so'nmaydi. Ular mangudir!," deb yozdi Neymar Intagramda.

Braziliyalik futbolchining ko'k-yoqut ranglilar jamoasi bilan tuzadigan shartnomasi 5 yilga ekani xabar qilinmoqda.

Transfer narxi rasman ochiqlangani yo'q. Biroq norasmiy manbalarga ko'ra, yosh yulduzni sotib olish uchun "Barsa" 60 million yevrodan oshiq pul sarflamoqchi.

Neymarning Kataloniyadagi maoshi esa yiliga 7 million yevroni tashkil etishi aytilmoqda.

Avvalroq "Barsa"ning ashaddiy raqibi hisoblanmish Madridning "Real" klubi ham Neymarni sotib olish istagini bildirgan edi.

Neymar 1992 yilning 5 fevralida Braziliyaning Moji-das-Kruzis shahrida tug'ilgan. 1999 yilda "Santos" futbol klubi maktabiga qabul qilingan. Karyerasidagi ilk professional shartnomani 2008 yili "Santos" klubi bilan imzolagan. Neymar 2010 yildan beri Braziliya milliy terma jamoasining asosiy tarkibida to'p suradi. Neymar 19 yoshida ota bo'lgan. O'g'lining ismi David Lukka.

Neymar ijrosidagi fintlar va go'llar to'plami:
XS
SM
MD
LG