Линклар

Braziliyada JCh-2014 o‘yinlariga mezbonlik qiluvchi stadion tomi quladi


Rio de Janeyrodagi "Marakana" stadioni - JCh-2014 o'yinlariga mezbonlik qiluvchi 12 futbol maydonidan biri.

Rio de Janeyrodagi "Marakana" stadioni - JCh-2014 o'yinlariga mezbonlik qiluvchi 12 futbol maydonidan biri.

Braziliyaning Salvador shahrida 2014 yilda o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionati o‘yinlariga mezbonlik qilishi kutilayotgan stadionning tomi qisman qulab tushdi.

Dushanba kuni "Arena Fonta Nova" maydonida ro‘y bergan voqeaga stadion tomiga yig‘ilib qolgan yomg‘ir suvi sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Stadion joriy yilning iyun oyida o‘tishi rejalashtirilgan Konfederatsiyalar kubogiga ham mezbonlik qilishi kerak edi.

Mahalliy hukumat vakillari stadion tomi kubok o‘yinlari boshlanguncha ta‘mirlanishini va‘da qilishmoqda.

"Arena Fonta Nova" futbol maydoni 2007 yilda qulagan va 7 kishi o‘limiga sabab bo‘lgan eski stadion o‘rniga qurilgan edi. Qurilishga 293 million dollar sarflangan.
XS
SM
MD
LG