Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:55

Futbol: O‘zbekiston yoshlari iroqlik tengqurlarini mag‘lub etdi


O‘zbekistonning 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan iborat yoshlar terma jamoasi dushanba kuni Toshkentda iroqlik tengqurlariga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.

“Paxtakor” stadionida o‘tgan qiziqarli bahsda O‘zbekiston yoshlari 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Gollarga 8-daqiqada Abbosbek Maxstaliyev, 74-daqiqada esa Diyorbek Turopov mualliflik qilishdi.

24 may kuni o‘tgan dastlabki o‘rtoqlik uchrashuvida 0:1 hisobida iroqlik yosh futbolchilar g‘alaba qozongan edi.

Ushbu o‘rtoqlik uchrashuvlari futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining yoshlar o‘rtasida o‘tadigan Jahon chempionati oldidan tayyorgarligining bir qismidir.

Eslatamiz, futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionati joriy yilning 21 iyunidan 13 iyuligacha Turkiyada bo‘lib o‘tadi.

Chempionatning “A” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston yoshlari guruh bosqichida Janubiy Afrika, Iroq va Avstraliya jamoalariga qarshi kurash olib boradi.
XS
SM
MD
LG