Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:24

O‘zbekistonda Internet foydalanuvchilari soni 10 milliondan oshdi


O‘zbekistonda Internet foydalanuvchilari soni 10 milliondan oshdi. Bu haqda 12uz.com veb-nashri O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligiga tayanib xabar berdi.

Agar agentlik ma‘lumotiga ishonilsa, har uch o‘zbekistonlik Internetdan foydalanayapti. Joriy yilning aprel oyida O‘zbekiston davlat statistika qo‘mitasi mamlakat axolisi soni 30 millionga yetgani haqida ma‘lum qilgan edi.

Solishtiradigan bo‘lsak, 2012 yilning may oyida “uznet”dagi foydalanuvchilar soni 9 million bo‘lgan.

Ularning yarmida ko‘prog‘i mobil internetdan foydalanishi aytiladi.

O‘zbekiston behayo saytlarni to‘sish, konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darishga qaratilgan axborotni to‘xtatish vaji bilan qator xalqaro ommaviy axborot vositalari veb-saytlariga, jumladan, Ozodlik radiosi veb-sahifasiga to‘siq qo‘ygan.

Internetda yaratgan to‘siqlari uchun O‘0zbekiston xalqaro tashkilotlar tarafidan "Internet dushmanlari" ro‘yxatiga kiritilgan.
XS
SM
MD
LG