Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:44

GM-Uzbekistan to‘rt oyda 64 mingdan oshiq avtomobil ishlab chiqardi


O‘zbekistonning Asaka shahrida joylashgan GM-Uzbekistan qo‘shma korxonasi joriy yilning dastlabki to‘rt oyligida 64 ming 454 dona avtomobil ishlab chiqargan.

Bu esa o‘tgan yilning shu davriga qaraganda 10 foizga ko‘pdir.

“Neksiya”, “Matiz”, “Shevrole Lachetti”, “Spark” va “Kobalt” rusumidagi 23 ming 789 dona avtomobil eksportga chiqarilgan. Ularning asosiy qismi Rossiyaga yuborilgani aytilmoqda.

49 ming 119 dona avtomobil esa O‘zbekiston ichki bozorida sotiladi.

Asakadagi zavod yiliga 250 mingta avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega. GM-Uzbekistan - sobiq "UzDaewooAuto" qo‘shma korxonasi bo‘lib, Asakadagi zavodda bugungi kunda asosan Shevrole avtomobillari ishlab chiqariladi.
XS
SM
MD
LG