Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 05:22

Samsung Galaxy S4 smartfonining kichraytirilgan versiyasini chiqardi


2012 yilda taqdim etilgan Galaxy S3 smartfoni.
2012 yilda taqdim etilgan Galaxy S3 smartfoni.
Samsung shirkati payshanba kuni aprel oyida e'lon qilingan Galaxy S4 smartfonining kichraytirilgan versiyasini taqdim etdi.

Yangi apparatga nomi Galaxy S4 Mini berilgani aytilmoqda. Uning ekrani 4,3 dyuymli bo'lib, "katta" S4 ga solishtirganda 0,7 dyuymga kichikroqdir.

Mini apparatining qalinligi qariyb 9 millimetr, og'iriligi esa 107 grammni tashkil etadi.

Kichraytirilgan Galaxy S4 smartfonining texnik hususiyatlari ham kichraygan. Uning protsessori 2 yadrolik (chastotasi 1,7 gigagers) bo'lib, operativ xotirasi 1,5 gigabaytga teng.

Mini'ning ichki xotirasi ham S4 apparatiga qaraganda ikki barobarga ozroq - 8 gigabayt. Biroq Mini ham 64 gigabaytgacha bo'lgan qo'shimcha xotira kartalari bilan ishlay oladi.

Kichraytirilgan S4 kattasiga o'xshab Android 4.2.2 operatsion tizimi asosida ishlaydi.

Galaxy S4 Mini'da ham suratlar bilan birga fondagi ovozlarni yozib qoluvchi Sound&Shot, guruh o'yinlari uchun Group Play hamda S Translator elektron trajimoni kabi yangi dasturlar o'rnatilgan.

Ayni damda S4 Mini'ning narxi qancha ekani haqida aniq ma'lumot yo'q. Galaxy S4 apparati hozirda O'zbekiston mobil bozorida 2 milliondan 2,5 million so'mgacha sotilmoqda.

Galaxy S4 Mini videosi

XS
SM
MD
LG