Линклар

O’zbekistonning 16 yoshgacha bo’lgan futbolchilardan tashkil topgan o’smilarlar terma jamoasi Kaspiy Kubogi doirasida yakshanba kuni urugvaylik tengqurlari ustidan g’alaba qozondi.

Kubokning 5-8 o’rinlari uchun o’tgan o’yinda murabbiy Temur Olimxo’jayev shogirdlari g’alabani penaltilar seriyasida qo’lga kiritishdi.

Uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobi bilan yakunlangan edi. 11 metrlik zarbalar seriyasida esa o’zbekistonlik o’smirlar 3:1 hisobida g’alaba qozondilar.

O’tgan yilgi Kaspiy Kubogi o’yinlarida murabbiy Dilshod Nuraliyev boshchiligidagi O’zbekiston o’smirlar terma jamoasi uchinchi o’rinni egallagan edi
XS
SM
MD
LG