Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:35

Prokuratura "Salimboyning zavodi"ni tekshirmoqda


"Qo‘yliq asfalt-beton zavodi" korxonasi kriminal avtoritet Salim Abduvaliyevga qarashlidir", deydi Ozodlik manbasi.
"Qo‘yliq asfalt-beton zavodi" korxonasi kriminal avtoritet Salim Abduvaliyevga qarashlidir", deydi Ozodlik manbasi.
Qo‘yliqdagi asfalt-beton zavodida prokuratura tekshiruvi ketmoqda. Bu haqda Ozodlikka ma‘lum qilgan manbaga ko‘ra, mazkur zavod boshlig‘i Shomurod Shodiyev O‘zbekistonda kriminal avtoritet sifatida tanilgan tadbirkor Salim Abduvaliyevning yaqin odami hisoblanadi. O‘zbekiston huquq-tartibot idoralaridagi manbaga ko‘ra, prokuratura tekshiruvi ortida Abduvaliyev guruhiga zarba berish maqsadi yotgan bo‘lishi mumkin.

O‘zbekistondagi eng yirik korxonalardan biri hisoblangan “Qo‘yliq asfalt-beton zavodi” mas‘uliyati cheklangan jamiyatda prokuratura tekshiruv o‘tkazayotgani haqida mamalkat huquq-tartibot idoralaridagi Ozodlik manbasi ma‘lum qildi.

Uning aytishicha, tekshiruv boshlanishiga asfalt korxonasidagi tsexlardan birida gazdan o‘g‘rincha foydalanganlik iddaosi rasmiy sabab qilib keltirilgan.

Manbaning aytishicha, tergovchilar “hozircha mazkur tsexda yarim milliard so‘m (taxminan 240 ming AQSh dollari)ga teng gaz o‘g‘irlab, ishlatilganini ayniqlagan” va korxonani katta miqdorda jarimaga tortish to‘g‘risida qaror chiqarishi kutilmoqda.

London olimpiadasida Artur Taymazov g‘alaba qilganidan quvonib maydonga yugurib chiqqan Salim Abduvaliyev tasviri O‘zbekiston telekanalidagi translyatsiyadan olib tashlangan edi.
London olimpiadasida Artur Taymazov g‘alaba qilganidan quvonib maydonga yugurib chiqqan Salim Abduvaliyev tasviri O‘zbekiston telekanalidagi translyatsiyadan olib tashlangan edi.
Ozodlik manbasiga ko‘ra, “Qo‘yliq asfalt-beton zavodi” O‘zbekistonda kriminal avtoritet sifatida tanilgan Salim Abduvaliyevga qarashlidir. Korxonada jiddiy tekshiruv boshlangani ham zavod bosh direktori Shomurod Shodiyevning Salim Abduvaliyev guruhiga doxil ekani sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. “Shomurod Shodiyev kriminal avtoritet Salim Abduvaliyevning odami -- uning cho‘ntagi hisoblanadi”, deydi huquq-tartibot idoralaridagi Ozodlik manbasi.

Uning aytishicha, mazkur zavod Salim Abduvaliyev guruhining asosiy daromad manbalaridan hisoblanadi va tekshiruv orqali uning manfaatlariga zarba berish yoki korxonani uning nazoratidan chiqarish maqsadi ham bo‘lishi mumkin.

“Qo‘yliq asfalt-beton zavodi”da prokuratura tekshiruvi borayotganini korxona xodimlari tasdiqlashdi. Ozodlik suhbatlashgan xodimlardan birining aytishicha, tekshiruvga qaramasdan korxonada ishlab chiqarish to‘xtamagan.

Lekin, korxona buxgalteriyasi xodimi ishlab chiqarish to‘xtab qolgani, bunga xom- ashyo yo‘qligi sabab bo‘lganini ma‘lum qildi:

- Bizda hozir bitum yo‘q, o‘zingizda bitum bo‘lsa, bizga bersangiz, undan asfalt qilib beramiz, dedi “Qo‘yliq asfalt-beton zavodi” xodimi.

Ayni paytda, Toshkentdagi asfalt to‘shash bilan shug‘ullanadigan korxona rahbarining shaxsi sir qolishi sharti bilan Ozodlikka aytishicha, Shomurod Shodiyev rahbarlik qiladigan zavodda joriy yilda tekshiruv birinchi marta o‘tkazilayotgani yo‘q.

“Bundan ikki oy avval ham tekshiruv o‘tkazilgan, u teshiruv tugagan edi. Hozirda borayotgan tekshiruvdan xabarim yo‘q”, dedi suhbatdoshimiz.

Ozodlik muxbiri Shomurod Shodiyevning o‘zi bilan ham bog‘lanishga harakat qildi, lekin uning qabulxonasi telefon go‘shagini ko‘targan xodim, “hozir buning iloji yo‘q”, deya gapni qisqa qildi.

Huquq-tartibot idoralaridagi Ozodlik manbasiga ko‘ra, Shomurod Shodiyev yaqin kunlarda Bosh prokuratura va Milliy xavfsizlik xizmatiga so‘roqqa chaqirilishi mumkin.

Bundan avval O‘zbekiston kriminal dunyosining yana bir avtoriteti deb ko‘rilgan G‘afur Rahimovga qarashli “biznes imperiyasiga” ham hujum qilingan. O‘zbekistonda bosim kuchayishi ortidan 2010 yildan beri mamlakat tashqarisida yashayotgan G‘afur Rahimovga nisbatan o‘tgan yil oxirida O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari jinoiy ish ochib, uni qidiruvga bergan.

G‘afur Rahimovga nisbatan o‘tgan yil oxirida O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari jinoiy ish ochib, uni qidiruvga bergan.
G‘afur Rahimovga nisbatan o‘tgan yil oxirida O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari jinoiy ish ochib, uni qidiruvga bergan.
Ozodlik manbalariga ko‘ra, G‘afur Rahimovning O‘zbekistondagi mulki, jumladan turli sohalarni qamrab oluvchi yirik biznesi tortib olingan. U O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari va Boks milliy uyushmasi rahbari lavozimlaridan ham chetlatilgan edi.

Salim Abduvaliyev ham G‘afur Rahimov kabi o‘zini sport sohasi homiysi deb taqdim qiladi. U ko‘p yillardan beri O‘zbekiston kurash uyushmasi prezidenti lavozimini egallab keladi.

O‘tgan yili, Salim Abduvaliyevning “MTS-O‘zbekiston” ishi bo‘yicha so‘roqqa chaqirtirilgani va undan mamlakatni tark etmaslik to‘g‘risida tilxat olinganiga oid gap-so‘zlar paydo bo‘lgan edi. Lekin oradan ko‘p o‘tmay, Salim Abduvaliyev Londonda o‘tkazilgan Yozgi olimpiada o‘yinlarida ko‘rinish berdi.

O‘shanda o‘zbekistonlik kurashchi Artur Taymazov oltin medal g‘olibi bo‘lganidan quvonib maydonga yugurib chiqqan Salim Abduvaliyev tasviri O‘zbekiston telekanalidagi translyatsiyadan olib tashlangani uning atrofidagi gap-so‘zlarni yanada kuchaytirib yuborgan edi.
XS
SM
MD
LG