Линклар

logo-print
Anonymous nomli hakerlar harakati 2 iyun kuni e'lon qilgan #OpTurkey aksiyasi doirasida Turkiyaning qator veb-sahifalariga kiber-hujumlar uyushtirdi.

Hakerlar nishoniga tushgan saytlar ro'yxati Anonymous harakatining Twitter sahifasida e'lon qilindi.

Ishdan chiqarilgan veb saytlar orasida Turkiya hukumati va Ichki ishlar vazirligi saytlari hamda Bosh vazir Rajab Toyyib Erdo'g'onning shasiy internet sahifasi bor.

Ayni damda hakerlar qurboni bo'lgan veb saytlarning ayrimlari qayta tiklangan.

Anonymous harakatining #OpTurkey aksiyasi Turkiyada 31 maydan beri o'tayotgan norozilik namoyishlarini qo'llashga qaratilgan.

Hakerlarning Twitter sahifasida aytilishicha, kiber-hujumlar Turkiya hukumatining namoyishchilarga nisbatan o'tkazayotgan zo'ravonligiga javobdir.


Namoyishlar davom etmoqda

Turkiyaning Istanbul, Anqara va boshqa shaharlarida ko‘p ming kishilik norozilik namoyishlari yakshanba kuni ham davom etdi.

Ma‘lumotlarga ko‘ra, yakshanba kuni ham iqtidordagi partiyaning Istanbul, Anqara va Izmirdagi ofislari tomon yurish o‘tkazgan namoyishchilar politsiya bilan to‘qnashgan. Politsiya namoyishchilarga qarshi ko‘zdan yosh sizdiruvchi gaz qo‘llagan, namoyishchilar esa politsiyachilarga tosh uloqtirgan.

Turkiya Shifokorlar uyushmasi bergan ma‘lumotga ko‘ra, uch kundan buyon davom etayotgan to‘qnashuvlarda Istanbulda ming kishi, Anqarada esa 700 kishi tan jarohati olgan. Rasmiylar bergan ko‘rsatkichlar esa bundan ozroq.

Mamlakat ichki ishlar vaziri Muammar Guler o‘tgan vaqt ichida 1700 kishi hibsga olingani, biroq ularning aksariyati qo‘yib yuborilganini bildirdi.
Turkiyadagi norozilik aktsiyalari Istanbulning Taqsim maydoniga yaqin bog‘da qurilish ishlari boshlash uchun ruxsat berilgani qarshi o‘tgan hafta boshlangandi.
XS
SM
MD
LG