Линклар

Ispaniyaning “Real Madrid” futbol klubiga yetakchilik qilib kelgan Joze Mourinyo Angliyaning “Chelsi” klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Portugaliyalik murabbiyning “Chelsi” bilan to‘rt yillik shartnoma imzolangani haqida londonlik futbol klubi veb-sahifasida e‘lon qilindi.

Shartnoma tafsilotlari rasman ochiqlanmagan, biroq mahalliy matbuot xabarlariga ko‘ra, Mourinyo yangi klubda yiliga soliqlarni hisobga olamagan holda 8,5 million funt sterling maosh oladi.

Bu esa Mourinyoni Angliya premyer-ligasidagi eng yuqori maosh oladigan murabbiyga aylanganini anglatadi.

50 yoshli Joze Mourinyo 2004-2007 yillari ham “Chelsi”ni boshqargan edi. Uning boshchiligida Roman Abramovich klubi ikki karra Angliya chempionatida, bir martadan mamlakat Kubogida va Superkubogida g‘alaba qozongan.

Bundan tashqari, Mourinyo 2004 va 2010 yillari mos ravishda "Portu" va "Inter" klublari bilan Chempionlar ligasida g'alaba qozongan edi.
XS
SM
MD
LG