Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 08:19

Futbol: O'zbekiston Seulda g'alaba qozonsa JCh-2014 ga chiqadi


Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi muhlislari.
Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi muhlislari.
Futbol bo'yicha Janubiy Koreya va Livan terma jamoalari o'rtasida o'tgan o'yin durang natijasi bilan yakunlanishi O'zbekiston terma jamoasining JCh-2014 ga chiqish imkoniyatlarini yanada oshirdi.

4 iyun kuni Livan poytaxti Beyrutda bo'lib o'tgan o'yinda 1:1 natijasi qayd etildi. Gollarga Livan jamoasidan Hasan Ma'tuk ('12), Janubiy Koreya jamoasida Kim Chji Vu ('90+7) mualliflik qilishdi.

Ushbu o'yindan song Janubiy Koreya terma jamoasi ochkolari sonini 11 taga yetkazib, JCh-2014 saralash bellashuvlarining so'nggi bosqichidagi "A" guruhining peshqadamiga aylandi.

Livan - Janubiy Koreya 1:1


Uchbu guruhda bellashayotgan Mirjalol Qosimov shogirdlari hisobida ham 11 ochko bor, biroq ular koreyaliklardan gollar nisbati bo'yicha ortda borishmoqda.

4 iyun kungi o'yinda Qatarni safarda 0:1 hisobi bilan mag'lub etgan Eron jamoasi guruhning uchinchi pog'onasiga ko'tarilib oldi. To'rtinchi va beshinchi o'rinlarni mos ravishda 7 va 5 ochko to'plagan Qatar va Livan terma jamoalari egallagan.

"A" guruhining bugungi ko'rinishi:

Janubiy Koreya - 11 ochko
O'zbekiston - 11 ochko
Eron - 10 ochko
Qatar - 7 ochko
Livan - 5 ochko

O'zbekiston terma jamoasini oldinda yana ikkita uchrashuv kutib turibdi. Qosimov shogirdlari 11 iyun kuni Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi safarda, 18 iyun kuni esa Qatar terma jamoasiga qarshi o'z uyida o'ynaydi.

"A" guruhdagi qolgan o'yinlarning to'liq jadvali quyidagicha:

11 iyun:

Janubiy Koreya - O'zbekiston. O'yin Seulda o'tadi.

Eron - Livan. O'yin Tehronda o'tadi.

18 iyun:

O'zbekiston - Qatar. O'yin Toshkentda o'tadi.

Janubiy Koreya - Eron. O'yin Seulda o'tadi.

Bugungi kundagi jadval ko'rinishini hisobga oladigan bo'lsak, agar Seuldagi o'yinda g'alaba qozonsa O'zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatiga yollanmani so'nggi bosqich o'yinlari tugashidan avval aniq qiladi.

Agarda Seulda durang natijasi qayd etilsa, 18 iyun kuni Qatarga qarshi o'tadigan o'yinda O'zbekiston albatta g'alaba qozonishi kerak bo'ladi.

Ayni damda O'zbekiston terma jamoasi Xitoyda mahalliy terma jamoaga qarshi 6 iyun kuni o'tadigan o'rtoqlik uchrashuviga tayyorgarlik ko'rmoqda.
XS
SM
MD
LG