Линклар

logo-print
Futbol bo'yicha Yaponiya terma jamoasi 2014 yili Braziliyada o'tadigan Jahon chempionatiga chiqqan ilk jamoaga aylandi.

4 iyun kuni saralash o'yinlarining 4-bosqichi 8-tur o'yinlari doirasida Yaponiya jamoasi o'z maydonida Avstraliya termasi bilan 1:1 hisobidagi durang o'ynadi.

O'yindagi hisobni 81-daqiqada avstraliyaliklar hujumchisi Tomas Ora ochib berdi. Javob goli esa o'yin asosiy vaqtiga qo'shib berilgan daqiqalarda penaltidan kiritildi. Golga yaponiyalik Keysuke Xonda mualliflik qildi.



Shu tariqa, yetti uchrashuvdan so'ng ochkolari soni 14 taga yetgan Yaponiya "B" guruhidagi peshqadamligini yanada mustahkamlab oldi va JCh-2014 ga chiqqan ilk mamlakatga aylandi.

Saralash o'yinlari 4-bosqichidagi "B" guruhining bugungi ko'rinishi:

Yaponiya - 14 ochko
Ummon - 9 ochko
Avstraliya - 7 ochko
Irodaniya - 7 ochko
Iroq - 5 ochko

Braziliyada o'tadigan futbol bo'yicha Jahon chempionati Yaponiya terma jamoasi uchun bechinchi Mundial bo'ladi.
XS
SM
MD
LG