Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:21

Sundsvall sudidan: Pistoletda Jukovskiyning barmoq izi yo‘q


Shved televideniyesida Obid qoriga suiqasdda ayblanayotganlar ustidan mahkamadan berilgan reportajdan olingan suratda Obid qorining o‘g‘li Dovudxon (o‘rtada) aks etgan.

Taniqli imom Obid qori Nazarovga nisbatan suiqasdga aloqadorlikda ayblanayotgan o‘zbeklar ustidan borayotgan mahkamada 5 iyun kuni Bahodir Po‘latovning ko‘rsatmalari tinglandi. Mahkamani kuzatayotgan suhbatdoshdan olingan ma‘lumotga ko‘ra, uning ko‘rsatmalarida ham ko‘plab ziddiyatli nuqtalar topilgan.

Shvetsiyaning Sundsvall shahrida ikki o‘zbek - Bahodir Po‘latov va Nodira Aminovalar ustidan borayotgan mahkamada prokuror ayblanuvchilar ko‘rsatamalarida ziddiyatli, deb topgan dalillar namoyish qilinmoqda.

Sudning uchinchi kunida ham prokurorning ayblanuvchilar bilan dastlabki so‘roq-savollari aks etgan videomateriallar namoyish qilindi.

Ushbu mahkamada ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik imom Muhammadsolih Obutovga ko‘ra, Bahodir Po‘latovning ko‘rsatmalari bilan guvohlarning ko‘rsatmalarida ham jiddiy qarama-qarshiliklar bor.

- “Stormsundga borganimizda, men masjidga kirib namoz o‘qidim, chiqdim-ketdim, Obid qorini ko‘rmadim”, deyapti Bahodir. Lekin, uni yo‘lda ko‘rgan va masjidga olib borgan guvoh esa: “Namozdan keyin Obid qori aka keldi yonimizga, Bahodirni u kishiga tanishtirdik. Birpas gaplashdik”, deyapti.
Xullas, Bahodirning ko‘rsatmasida ham protivoriyechiyalar ko‘p, dedi Obutov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 5 iyun taqdim qilingan ayblov materiallarida voqea joyidan topilgan pistoletda jinoyatni sodir etganlikda gumon qilingan Yuriy Jukvoskiyning barmoq izlari yo‘qligi aytilgan.

Ammo, unga oid DNK u qisqa muddat qolgan uydan topilgan. Bundan tashqari, uning qiyofasi Stormsund va Ostershund shaharlaridagi aksar binolarga o‘rnatilgan video nazorat moslamalarida qayd etilgani keltirilgan.

Quyida Muhammadsolih Obutov bilan suhbatni to‘liq tinglashingiz mumkin.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:34 0:00
Бевосита линк


Shved prokurori Krister Petersson kiritgan shikoyat asosida 3 iyun kuni boshlangan Sundsvall sudi hay‘atiga 828 sahifalik ayblov xulosasi berilgan.

Sudning navbatdagi majlisi esa 13 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Obid qori Nazarovga 2012 yilning 22 fevralida uyushtirilgan suiqasdga aloqadorlikda gumon qilingan ikki o‘zbek — Bahodir Po‘latov va Nodira Aminovalar o‘tgan yili 26 aprel kungi mahkama qarori bilan oqlangan edi.

Isbotini topmadi, deya sud tomonidan bekor qilingan ayblovda o‘zbekistonlik er-xotinning Obid qoriga o‘q uzgani gumon qilingan O‘zbekiston fuqarosi Yuriy Jukovskiyga jinoiy sherik ekani iddao qilingan.

Shved prokurori ilgari surgan ayblov asosida Obidxon qoriga o‘q uzganlikda gumon qilingan O‘zbekiston fuqarosi, 1978 yil tug‘ilgan Yuriy Jukovskiyning qayerda ekani ham hozircha keng jamoatchilikka noma‘lum qolmoqda.
XS
SM
MD
LG