Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:00

Vladimir Putin birinchi ledi bilan ajrashmoqda


Rossiya prezidenti Vladimir Putin va uning turmush o‘rtog‘i payshanba kuni televideniye orqali ajrashishayotgani haqida ma‘lum qilishdi.

Rossiya24 telekanaliga bergan intevyuda Vladimir Putin bunday qaror Lyudmila Putina bilan birgalikda qabul qilinganini aytdi.

“So‘nggi paytda biz bir-birimizni deyarli ko‘rmaymiz, ikkimiz ham o‘z hayotimiz bilan yashamoqdamiz”, dedi Rossiya prezidenti.

Lyudmila Putina esa prezidentga minnatdorchilik bildirib, ajrashishga qaramay ikkovlon yaqin aloqalarni saqlab qolishini bildirdi.

Vladimir Putin va Lyudmila Shkrebneva 1983 yilda turmush qurishgan. Ular ikki farzandga ega – Mariya va Yekaterina.
XS
SM
MD
LG