Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 04:20

Futbol: O‘zbekiston terma jamoasi Seulga bordi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 9 iyun kuni Pekin shahridan Janubiy Koreya poytaxti Seulga bordi.

Murabbiy Mirjalol Qosimov shogirdlari jahon chempionati saralash o‘yinlari doirasida 11 iyun kuni Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi yashil maydonga tushadi.

O‘zbekiston terma jamoasi mezbonlar ustidan g‘alaba qozonsa, 2014 yilda Braziliyada bo‘ladigan jahon chempionatiga muddatidan oldin yo‘llanma olishi mumkin.

O‘zbekiston jamoasi 6 iyun kuni Xitoyning Xaxxot shahrida Xitoy terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazib, 2:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.

O‘zbekiston jamoasi 7 iyun kuni Seulga borishi rejalangan edi.

Biroq yomon ob-havo sharoiti sababli jamoa Seul shahriga 9 iyun kuni yetib bordi.
XS
SM
MD
LG