Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:31

"Opportyuniti" Marsda ichimlik suvi izlarini aniqladi


2004 yili Marsga qo'ngan AQShning "Opportyuniti" marsyurari Qizil sayyora sathida ichimlik suvi izlarini aniqlagan.

– Mutlaqo ichish mumkin bo‘lgan suv izlari bu, - dedi Mars missiyasiga mas‘ul bo‘lgan AQShning Kornell universiteti professori Stiv Skvayyers.

Xabarlarga ko'ra, marsyurar Qizil sayyoradagi Indevor krateri yonida ichishga yaroqli bo'lgan suv tufayli shakllangan loy izlarini topgan.

Faoliyatining davomiyligi bo'yicha rekord qo'ygan ushbu marsyurar avval yuborgan analizlarda ham suv qoldiqlari, loy, sulfatlar va boshqa minerallar topilgan edi.

Biroq NASA olimlari Marsdagi suv me‘yoridan oshiqcha kislotali bo‘lgani va unda hayot bo‘lmaganini taxmin qilishgan edi.

Ayni damda Marsa NASAning yana bir marsyurari - "Kyuroziti" ham izlanish ishlarini olib bormoqda.
XS
SM
MD
LG