Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 11:12

"Mullaning qilganini qilma"


Dushanbe shahrining Rudaki tuman IIB xodimlari so‘nggi bir haftada shov-shuvga sabab bo‘layotgan YouTube saytidagi jinsiy aloqa tasviri aks etgan video Bolshevizm qishlog‘ining imom-hatibiga tegishli ekanini aniqladi.

Tojik militsiyasi o‘tgan haftadan buyon Internet tarmoqlarida qizg‘in bahs-munozaraga sabab bo‘layotgan jinsiy aloqa "sahnasi" aks etgan tasvirning YouTube saytiga joylashtirilish sabablarini o‘rganmoqda.

YouTube va Facebook tarmoqlari orqali tarqatilgan ushbu videoda bir erkak bilan yosh ayolning jinsiy aloqa payti olingan tasvirlari aks etgan. Video ularning o‘zi tomonidan mobil telefoniga tasvirga olingani aytilayapti.

Rudaki tuman IIB ma‘lumotiga ko‘ra, video tasvirda aks etgan shaxslarning kimga tegishli ekani aniqlangan.

Militsiya bo‘limidagi manbaga ko‘ra, ushbu video bo‘yicha Bolshevizm qishlog‘idagi masjidning imom-hatibi "suhbat”ga chaqirtirilgan.

Manba ma‘lumotiga ko‘ra, imom-hatib mazkur video o‘ziga tegishligi ekani, unda “rafiqasi bilan yaqin aloqalari aks etgan”i va video o‘zi tomonidan mobil telefoniga tushirilganini tan olgan.

Militsiyadagi manbaning aytishicha, imom Internetda ushbu video paydo bo‘lishidan bir hafta avval mobil telefonini yo‘qotgani va keyin uni topgan kimsa “videoni Internetga joylashtirgan bo‘lishi“ mumkinligi haqida gapirgan.

Facebook tarmog‘ida ushbu video paydo bo‘lgach unga nisbatan salbiy munosabat bildirilgan izohlar ko‘p bo‘lgani aytilayapti.

Rudaki IIBdagi manba Ozodlik radiosining tojik xizmati muxbiri bilan suhbatda, etika nuqtai nazaridan video mualliflarining ism-shariflari matbuotga oshkor qilinmasligini aytgan.

Mazkur video o‘tgan haftada Facebook tarmog‘ida Solex Xotamiyon ismli foydalanuvchi tomonidan tarqatilgan. Hozircha bu ism videoni tarqatgan ushbu shaxsning haqiqiy ismi-sharifi ekani noma‘lum.

Militsiya xodimi "Bolshevizm masjidining imom-hatibi aqlan va jismonan sog‘lom kishi" ekanini aytdi.

Hozirda tojik militsiyasi videoning qanday qilib Internet tarmoqlariga tushib qolganini aniqlash ustida bosh qotirayapti.

Maqola saytga tayyorlanayotgan paytda ushbu video Tojikiston muftiylar kengashi so‘roviga ko‘ra, YouTube portalidan olib tashlangani xabar qilindi.
XS
SM
MD
LG