Линклар

Bugun, 11 iyun kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2014 yilgi Jahon chempionati saralash o‘yinlari doirasida Seul shahrida Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Bugungi o'yin o'zbekistonlik futbolchilar va futbol muhlislari uchun tarixiy ahamiyat egaligi aniq. Sababi oddiy - agar ushbu uchrashuvda g‘alaba qozonishsa, murabbiy Mirjalol Qosimov shogirdlari kelasi yili Braziliyada o‘tadigan Mundialga yo‘llanmani muddatidan avval qo‘lga kiritishadi.

Saralash bahslarining to'rtinchi bosqichidagi "A" guruhida bellashayotgan O'zbekiston terma jamoasi ayni damda 6 o'yindan so'ng 11 ochko to'plagan holda guruhda ikkinchi o'rinda bormoqda.

Birinchi o'rinda 11 ochko jamg'argan, biroq gollar nisbati bo'yicha O'zbekistondan oldinda bo'lgan Janubiy Koreya jamoasi turibdi.

Uchinchi pog'onani esa 6 o'yinda 10 ochko olgan Eron jamoasi egallagan.

Har uchala jamoaning ham guruh bellashuvlari doirasida ikkitadan uchrashuvi qolgan.

Eron bugun, 11 iyun kuni, o'z maydonida guruhda eng quyi pog'onani egallagan Livanni (5 ochko) qabul qiladi va 18 iyun kuni safarda Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Mirjalol Qosimov shogirdlari 18 iyun kuni Toshkentda guruhda to'rtinchi borayotgan Qatar (7 ochko) jamoasini qabul qiladi.

"A" guruhdagi bugungi holatga ko'ra, Mundialga chiqish uchun O'zbekiston terma jamoasida yana kamida uch variant bor:
  1. Agar bugungi o'yinda durang natijasi qayd etilsa, Jahon chempionatiga chiqish uchun O'zbekiston terma jamoasi Qatar termasini mag'lub etishi kerak bo'ladi.
  2. Agar bugungi o'yinda o'zbekistonliklar mag'lub bo'lsa, Jahon chempionatiga chiqish uchun Mirjalol Qosimov shogirdlari qatarliklar ustidan g'alaba qozonishi va Eron oldindagi ikkala o'yindan bittasida mag'lub bo'lishi kerak bo'ladi.
  3. O'zbekiston terma jamoasi oldindagi ikkala o'yinda mag'lub bo'lgan taqdirga ham Jahon chempionatiga chiqishi mumkin. Lekin buning uchun Eron terma jamoasi ham ikkala o'yinda yutqazishi shart bo'ladi.
O'zbekiston terma jamoasining Janubiy Koreyaga qarshi o'yini Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da boshlanadi.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG