Линклар

logo-print

Futbol: O‘zbekiston Janubiy Koreyaga 0:1 hisobida yutqazdi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Janubiy Koreyada.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Janubiy Koreyada.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 11 iyun kuni jahon chempionati saralash o‘yinlari doirasida Seul shahrida Janubiy Koreya terma jamoasi bilan kuch sinashdi.

Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da boshlangan o‘yin 1:0 hisobida mezbonlar g‘alabasi bilan tugadi.

O'yindagi yagona golga, aniqrog'i, avtogolga o'zbekistonlik Akmal Shorahmedov mualliflik qildi.

O'yinning 43-daqiqasida O'zbekiston terma jamoasi jarima maydonchasiga o'ng qanotdan yuqorilatib oshirilgan pasni qaytarmoqchi bo'lgan Shorahmedov to'pni Nesterov qo'riqlayotgan darvozaga yo'lladi.


Seul uchrashuvida O‘zbekiston terma jamoasi g‘alaba qozonganda, 2014 yilda Braziliyada bo‘ladigan Jahon chempionatiga muddatidan oldin yo‘llanma olishi mumkin edi.

Ushbu mag'lubiyatdan so'ng O'zbekiston JCh-2014 saralash o'yinlarining to'rtinchi boqichidagi "A" guruhining uchinchi pog'onasiga tushib ketdi.

11 iyun kuni o'z maydonida Livan terma jamoasini qabul qilgan Eron terma jamoasi esa 4:0 hisobida g'alaba qozonib, "A" guruhining ikkinchi po'gonasiga ko'tarilib oldi.

Ayni damda guruhdagi ko'rinish quyidagicha:

1. Janubiy Koreya - 14 ochko
2. Eron - 13 ochko
3. O'zbekiston - 11 ochko
4. Qatar - 7 ochko
5. Livan - 5 ochko


O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati saralash o‘yinlarining to'rtinchi bosqichidagi oxirgi uchrashuvni 18 iyun kuni o‘z maydonida Qatar terma jamoasi bilan o‘tkazadi.

Endi JCh-2014 ga chiqish uchun Mirjalol Qosimov shogirdlari Qatarni mag'lub etishi, Eron esa Janubiy Koreyaga yutqazishi kerak bo'ladi.
XS
SM
MD
LG