Линклар

O‘zbekiston Internet orqali kompyuterlarga qilinayotgan hujumlar ko‘lami bo‘yicha dunyoda 13-o‘rinda turadi.

Bu haqda anti-virus dasturlari ishlab chiqaruvchi "Kasperskiy laboratoriyasi" shirkatiga asoslanib Bloomberg nashri xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, O‘zbekistondagi Internet foydalanuvchilarining 47 foizi, ya‘ni qariyb 5 million kishi onlayn hujum qurboni bo‘lishgan.

O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi may oyida o‘zbekisotnlik Internet foydalanuvchilari soni 10 millionga yetgani haqida ma‘lum qilgan edi.

"Kasperskiy laboratoriyasi" tadqiqoti natijalariga ko‘ra, onlayn hujumga uchraganlar soni bo‘yicha Rossiya birinchi o‘rinda turadi.
XS
SM
MD
LG