Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:17

Google eronlik Internet foydalanuvchilarni ehtiyotkor bo‘lishga chaqirdi


Google shirkati Erondagi Internet foydalanuvchilariga doir Gmail elektron pochta xizmatidagi parollarini o‘g‘irlashga harakat amalga oshirilayotganini ma‘lum qildi.

Markazi AQShda joylashgan Internet shirkati e‘lon qilgan bayonotda, "fishing" (phishing) usuli bilan foydalanuvchilarni aldab, ularning parol va shaxsiga oid ma‘lmotlarni qo‘lga kiritish harakatlari Erondan turib amalga oshirilmoqda va aftidan, 14 iyun kuni “Eronda o‘tkazilajak prezident saylovi bilan bog‘liq siyosiy motivga ega harakatdir”, deyiladi.

Google bayonotida bu harakatlar nega siyosiy, deb tasniflanayotgani izohlanmagan, lekin mazkur holat uch haftacha avval boshlangani aytiladi. Unda buning ortida bundan ikki yil avval eronlik Internet foydalanuvchilariga qarshi kiberhujumni amalga oshirgan guruh turibdi, deyiladi.

Google vitse-prezidenti Erik Gross eronliklarni Internetda o‘zlariga doir ma‘lumotlarni himoya qilish bo‘yicha chora ko‘rishga chaqirdi.
XS
SM
MD
LG