Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:14

Biometrik pasportni tezlatish uchun Toshkent IIBlari 7 kun ishlamoqda


O‘zbekiston prezidentining mamlakat aholisini 2015 yilga qadar xalqaro andazalarga mos biometrik pasport bilan ta‘minlash haqidagi farmonini vaqtida ado etishga ma‘sul Ichki ishlar vazirligining Toshkent bo‘limlari hozirda to‘liq hafta¸ kuniga 13 soatdan ishlamoqda.


Navbat biroz kamaydi...


Toshkent shahar Hamza tuman Ichki ishlar bo‘limi xodimi Ozodlik bilan suhbatda biometrik pasportga hujjat topshirish uchun navbat kutish vaqtining o‘tgan oylardagiga nisbatan kamayganini bildirdi.

O‘z ismini aytmagan ichki ishlar xodimi biometrik pasportga hujjat topshirish navbati kamayganini Xorijga chiqish, kirish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi haftasiga yetti kun ertadan kechgacha ishlayotgani bilan izohladi:

- Kechgacha hujjat topshirolmayotganlar yo‘q. Vaqt sal cho‘zilib ketayotgani bor. 2 - 3 soat kutishingiz mumkin. Navbatga qarabda. Soat 4 dan keyin kelsangiz odamlar kamroq bo‘ladi. Pasport stoli bir haftada yetti kun, ertalab 8 dan kech soat 9 gacha ishlayapti.

Ichki ishlar xodimi ko‘p hujjatlar biometrik pasport asosida rasmiylashtirilayotgani bois¸ yil boshida yangi pasport oluvchilar soni ko‘payib ketgani qo‘shimcha qildi:

- Endi bu yerda kimdir propiskaga qo‘yadi, kimdir mehmonni vaqtincha propiska qiladi. Shunga biopasport kerak bo‘ladi. Masalan, “Domovoy knijka” qilish uchun ham pasportni almashtirish kerak.


Biometrik pasporti yo‘qlarga boshqa hujjat ham yo‘q?


O‘zbekistonda biometrik pasport olish uchun navbat ko‘paygani sabablaridan biri byudjet idoralari xodimlariga tez fursatda yangi pasport tizimiga o‘tish kerakligi, aks holda, maoshlar berilmasligi to‘g‘risida yuqori idoralardan ko‘rsatma berilgani haqidagi mish-mishlar sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Ozodlik bilan suhbatda Toshkentdagi davlat idoralaridan birida ishlaydigan Shahodat opa yuqoridan shu haqda rasmiy xat kelganini tasdiqladi:

- Bizga xat keldi. Oylik to‘g‘risida, oylik berilmaydi, degan unaqa panika gaplar yo‘q. Faqat ishchilar yangi pasport tizimiga o‘tsin, deyilgan. Unaqa “majburiy” degan joyini ko‘rganim yo‘q. Yuqoridan xat kelgani uchun, ishxonamizda ko‘pchilik emasmiz, kim o‘tmagan bo‘lsa o‘ta qolinglar, deyishdi. Bultur 25 yoshga to‘lganlar almashtirib bo‘lishgan ekan, dedi Shahodat opa.

So‘nggi oylarda biometrik pasport olish uchun navbat ko‘paygani sabablaridan yana biri yangi pasporti bo‘lmagan abituriyetlardan oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun hujjat qabul qilinmasin, degan mazmundagi yuqorining og‘zaki ko‘rsatmasi ham sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Oliy o‘quv yurtlariga shunday ko‘rsatma berilganini ikkita mustaqil manba Ozodlikka tasdiqladi.

Biroq 13 iyun kuni Toshkent Davlat Texnika universitetining o‘zini tanishtirmagan xodimi Ozodlik bilan suhbatda abituriyentlardan biometrik pasport talab qilinmasligini ta‘kidladi:

- Hamma yoqda 20 iyundan hujjat qabul qilinadi. Buning uchun pasport kerak, bitirgani to‘g‘risida guvohnoma kerak, harbiy bileti kerak, oltita rasm kerak, medspravka kerak. Pasport hammasi o‘taveradi. Biometrik pasport shart emas, deya qat‘iy javob berdi Toshkent davlat Texnika universiteti xodimi.

O‘zbekiston Milliy universiteti rasmiylari ham abituriyentlardan biometrik pasport talab qilinishi haqidagi ma‘lumotni inkor qildi.

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi qoshidagi Xorijga chiqish, kirish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasidan ma‘lumotga ko‘ra, Toshkent shahrida biometrik pasport berish jarayoni 2012 yilning 1 yanvarida boshlangan.

O‘tgan yil fevralidan boshlab Toshkent viloyati, mart-aprelidan boshlab esa boshqa viloyatlarda biometrik pasport berila boshlangan.

O‘zbekistonda eski turdagi pasport 2015 yil 31 dekabrga qadar amal qiladi.

Bu muddat ichida respublika fuqarolariga biometrik pasport berish ishlari tugatilishi rejalashtirilgan.
XS
SM
MD
LG