Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 03:53

Google stratosferada antennasini sinab ko‘rdi


Google shirkati Yer kurrasining Internet yetib bormagan qismi aholisiga tarmoqqa ulanish imkonini beruvchi loyihasi doirasida bugun dastlabki sinovlarni o‘tkazdi.

Yangi Zellandiyaning Kraystchorch shahrida gel bilan to‘ldirilgan 30ta havo shari Yerdagi stantsiyalar bilan bog‘langan antennalarni 20 kilometr balandlikka olib chiqdi.

Mazkur antennalar orqali Internetga ulanish loyihasi doirasida o‘tkazilgan bugungi eksperimentda Yangi Zellandiyada yashovchi o‘n minglab odam qatnashdi.

Loyiha mualliflariga ko‘ra, havo sharlariga o‘rnatilgan uzatkichlar yordamida amalga oshiriladigan bu loyiha dunyodagi to‘rt millirad aholini ishonchli Internet aloqasi bilan ta‘minlay oladi.

XS
SM
MD
LG