Линклар

Futbol bo'yicha Qatar terma jamoasi 2014 yilgi Jahon chempionatining saralsh o'yinlari doirasida O'zbekiston terma jamoasi bilan bellashish uchun yakshanba kuni tunda Toshkentda yetib ketdi.

Uchrashuv 18 iyun, seshanba kuni Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida soat 17:00 da boshlanadi.

Toshkentga 22 nafar futbolchi bilan kelgan Qatar terma jamoasining asosiy tarkibida qator qo'yotishlar borligi aytilmoqda.

Xabarlarga ko'ra, O'zbekistonga qarshi o'yinda qatarliklar jarohat olgan hujumchi Sebastyan Kuintana, yarim himoyachi Yosir Jaralla Al Ma'riy hamda diskvalivikatsiya etilgan asosiy darvozabon Qosim Burhon va terma jamoa sardori, himoyachi Bilol Muhammad Rajablarsiz maydonga tushishadi.

Bugun, 17 iyun kuni "Bunyodkor" stadionida terma jamoalar bosh murabbiylari ishtirokiudagi matbuot anjumani bo'lib o'tadi.

Eslatamiz, O'zbekiston terma jamoasi 2014 yili Braziliyada bo'ladigan Jahon chempionati uchun saralash o'yinlari bahslarining to'rtinchi bosqichi "A" guruhida bellashmoqda.

Ayni damda "A" guruhidagi vaziyat quyidagicha:

Jamoalar o‘yinlar ochkolar
1 Janubiy Koreya 7 14
2 Eron 7 13
3 O‘zbekiston 7 11
4 Qatar 7 7
5 Livan 8 5

Uchinchi o'rinni egallab turgan O‘zbekiston terma jamoasi hali ham Braziliyaga yo‘llanma olish imkonlarini saqlanib qolmoqda.

O‘zbekiston jamoasining imkoniyati ko‘p jihatdan Janubiy Koreya bilan Eron terma jamoalari o‘yini natijalariga ham bog‘liqdir.

1. Agar Janubiy Koreya Eronni yutsa, biz Qatarni yutishimiz yetarli bo‘ladi.

2. Agar Koreya yutqazsa, biz Qatarni 6:0 hisobida yutishimiz kerak bo‘ladi.

3. Agar Janubiy Koreya Eron bilan durang o‘ynasa, O‘zbekiston Qatarni 4:0 hisobida yutishi kerak.

4. O‘zbekiston-Qatar terma jamoalari bellashuvi durang natija bilan tugasa, O‘zbekiston terma jamoasi pleyoff o‘yinlarida ishtirok etishiga to‘g‘ri keladi.

18 iyun kini "A" guruhida ikkinchi juftlik o'yini ham bo'lib o'tadi. Unda Janubiy Koreya terma jamoasi Seulda Eron terma jamoasiga mezbonlik qiladi.
XS
SM
MD
LG