Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 21:19

Xitoy superkompyuteri dunyodagi eng qudratli kompyuter deb topildi


Xitoyning Tianhe-2 superkompyuteri hozirgi kunda dunyodagi mavjud kompyuterlarning eng qudratlisi deb topildi.

Bu haqda kuchli kompyuterlar ro'yxatini tuzuvchi Top500 nashri veb-sahifasida e'lon qilindi.

Nashrga ko'ra, eng qudratli kompyuter soniyasiga 33,86 petaflops, ya'ni suzuvchi nuqtali 33,86 kvadrillion operatsiya amalga oshirish quvvatiga ega.

Shu tariqa, Tianhe-2 o'tgan yilning noyabr oyida eng qudratli kompyuter deb topilgan AQShning Titan superkompyutiridan ikki karra ko'proq unumdorlik ko'rsata oldi.

Sonyasiga 17,59 petaflops ko'rsatkichi bilan Titan ayni damda ikkinchi o'rinda bormoqda.

Tianhe-2 Xitoy xalq ozodlik armiyasining Mudofaa ilmiy-texnik universiteti tarafidan qurilgan. Superkompyuter 16 ming tutashtirish uskunalariga (inglizcha "node") va 3,12 million hisoblovchi yadrolarga ega.
XS
SM
MD
LG